“Yoshlar biznes maktabi”ga start berildi!
2026-02-11 14:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi — “Yoshlar biznes maktabi” loyihasiga start berildi.
Mazkur platforma orqali ishtirokchilar biznes boshqaruvi bo‘yicha amaliy bilim, yangi hamkorlar topish va xalqaro bozorda raqobatlashish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Eng muhimi, loyihani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Dastur davomida har oy saralab olingan 70 nafar yosh tadbirkor o‘qitilishi rejalashtirilgan.
Ochilish marosimida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev va tajribali tadbirkorlar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.
Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun yoshlarfondi.uz saytini kuzatib boring!






