Ostonada “O‘zbekiston - Ipak yo‘li durdonasi” turizm forumi bo‘lib o‘tdi
2025-10-18 12:20:00 / Yangiliklar
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida “O‘zbekiston - Ipak yo‘li durdonasi” turizm forumi o‘tkazildi, unda mintaqa mamlakatlarining milliy turizm ma’muriyatlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, biznes va ekspert doiralari vakillari ishtirok etdi.

Forum madaniy, ekologik va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, sayyohlik loyihalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun muhim maydonga aylandi.
Markaziy Osiyoning sayyohlik yo‘nalishlarini birlashtiruvchi “Buyuk ipak yo‘li” mintaqalararo marshrutlarini rivojlantirish, shuningdek, mintaqani xalqaro bozorlarda yagona sayyohlik makoni sifatida ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.







