Britaniya telekanalida Oʻzbekiston haqidagi film premyerasi
2025-10-18 11:40:00 / Yangiliklar
Turizm qoʻmitasi va Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi.

Kartina britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan “TREASURES OF THE WORLD” (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Unda mamlakatimiz tarixi va tabiati zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritilgan.
Film premyerasi bugun, 18-oktabr kuni London vaqti bilan 19:00 da Britaniyaning “Channel 4” telekanalida boʻladi. Film tez kunlarda O'zbekistonda ham namoyish etish rejalashtirilgan.
