Skandinaviya davlatlarining nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi
2025-10-17 16:50:00 / Yangiliklar

Skandinaviya davlatlaridan — Shvetsiya, Norvegiya va Daniya OAV vakillari Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonning turistik salohiyatini ushbu mamlakatlar auditoriyasiga keng tanishtirish, davlatlar o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimini oshirishdan iboratdir.
Mazkur press-tur doirasida mehmonlar Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro shaharlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, milliy madaniyati, tabiati, sog‘lomlashtirish maskanlari hamda zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Press-tur davomida blogerlar o‘zlarining millionlab kuzatuvchilarga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekistonga oid taassurotlarini foto va videomateriallar orqali yoritib boradilar.


