HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025: Toshkentda mehmonxona va restoran biznesining zamonaviy rivojlanish trendlari muhokama qilinadi
2025-10-17 14:55:00 / Yangiliklar

Mavzular qatorida barqarorlik va texnologiyalarga urg‘u berilgan holda mehmonxonalar arxitekturasi va dizaynining kelajagi, mehmonlar qulayligini oshirish uchun raqamli yechimlar, xizmat ko‘rsatish va qulaylikka yo‘naltirilgan sarmoyalar, shuningdek, texnologiyalarning HoReCa rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar muhokama qilinadi. Franchayzing, yangi bozorlarga kirib borish, mintaqaviy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida gastroturizm va restoran biznesining zamonaviy tendensiyalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar turizm sohasining barqaror rivojlanishi uchun ta’limga sarmoya kiritish, dual ta’lim tizimi va amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlashning ahamiyati bo‘yicha muhokamalar o‘tkazadilar. Yoshlar mehmondo‘stlik sohasidagi karyera imkoniyatlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Spikerlar qatorida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari, sohaga oid ta’lim muassasalarining rektorlari va rahbarlari, xalqaro ekspertlar hamda biznes sohasidagi yetakchilar bor.
Tadbir O‘zbekiston va umuman mintaqada mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishga yordam beradigan tajriba almashish, innovatsiyalarni muhokama etish va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun vazifasini bajarishi kutilmoqda.
Konferensiyada ishtirok etish va batafsil ma’lumot olish uchun ko‘rgazmaning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurish tavsiya etiladi.
Tadbir Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
