“Aljazeera Mubasher” O‘zbekistonni noyob turistik yo‘nalish sifatida namoyish etdi
2025-10-16 12:35:00 / Yangiliklar

Bunday nufuzli xalqaro telekanalda e’lon qilingan materiallar O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarning keng tarqalishiga, ijobiy imidj shakllanishiga va xorijiy sayyohlarda qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladi. Reportajlar orqali tomoshabinlar nafaqat tarixiy shaharlar va tabiat go‘zalliklari bilan tanishadilar, balki mamlakatning boy an’analari va madaniy qadriyatlari ham namoyon etiladi.
Shu kabi xalqaro loyihalar O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, xorijiy mehmonlarni jalb etishga, turistik oqimni ko‘paytirishga hamda iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlari rivojiga hissa qo‘shadi. Mamlakatning turistik imkoniyatlaridagi noyoblik va rang-baranglikka urg‘u berilishi O‘zbekistonni zamonaviy va mehmondo‘st turizm markazi sifatida barqaror imidjga ega bo‘lishiga yordam beradi.
