Euronews: Rishton ustalari mamlakatning tashrif qog‘oziga aylangan san’atni saqlab qolmoqda
2025-10-14 16:25:00 / Yangiliklar

Lavhada ustalar va ularning shogirdlari faqat tabiiy xom ashyolardan foydalanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analarni asrab-avaylab, sopol buyumlarni qo‘lda yaratayotganlari tasvirlangan. Har bir buyum o‘zbek madaniyatining tarixi va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi, tabiiy bo‘yoqlar bilan naqshlangan betakror san’at asaridir.
Mazkur ko‘rsatuv O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, an’anaviy hunarmandchilik madaniy yo‘nalishlar va kreativ turizmning muhim qismiga aylanayotganini namoyon etadi. Rishton kulolchiligi nafaqat milliy an’analarni asrab-avaylamoqda, balki butun dunyodan turistlarni o‘ziga jalb etmoqda. Ular qadimiy o‘zbek san’atining zamonaviy davrda qanday rivojlanayotganini va mamlakatni Buyuk Ipak yo‘li xaritasidagi betakror maskanga aylantirayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni istaydilar.
