O‘zbekistonning turistik salohiyati Italiyada targ‘ib qilinmoqda
2025-10-10 18:25:00 / Yangiliklar
Turizm qo‘mitasi tomonidan Italiyaning Rimini shahrida o‘tkazilayotgan “TTG Rimini” xalqaro turizm ko‘rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etilmoqda.

Tadbirda 10 dan ortiq yirik mahalliy turoperatorlar, hududiy hokimiyatlar vakillari hamda Uzbekistan Airways AJ bilan birgalikda mamlakatimizning turistik imidji ilgari surilmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida xorijiy hamkorlar bilan yangi bitimlar tuzish, qo‘shma loyihalar ustida fikr almashish va sayyohlik yo‘nalishlarini kengaytirish ustida muzokaralar olib bormoqda.
TTG Rimini ko‘rgazmasidagi ishtirok O‘zbekiston turizmini yanada rivojlantirish, mamlakatimizni jahon sayyohlik xaritasida yorqin brend sifatida tanitish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi ko‘zda tutilgan.



