Maktab o‘quvchilari oltin vodiy bo‘ylab sayohatda
2025-10-10 17:40:00 / Yangiliklar

Andijon o‘zining boy tarixi va madaniyati bilan o‘quvchilarni hayratga soldi. Ular Bobur nomidagi bog‘ va muzeyni ko‘zdan kechirishdi, u yerda buyuk shoir va davlat arbobi Zaxiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi bilan tanishdilar. Ushbu uchrashuv o‘quvchilar qalbida vatanga muhabbat va iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
O‘zining tarixiy me’morchiligi bilan nom qozongan Qo‘qon shahrida o‘quvchilar Umarxon davrida qurilgan Xo‘ja Muhammad Amin madrasasi, Norbutabiy madrasasi va albatta Qo‘qon xonining mashhur saroyi – Hudoyyorxon saroyini tomosha qildilar. Marg‘ilon shahri ham o‘quvchilarni iliq kutib oldi.
Ushbu sayohat o‘quvchilar uchun bilim manbai bo‘ldi, ular nafaqat tarix, me’morchilik va hunarmandchilik haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar, balki o‘z vatanlarining go‘zal va boy merosini his etdilar. Sayohat ularning qalbida milliy g‘urur, ma’naviy boylik va kelajakdagi maqsadlariga ilhom bag‘ishladi.









