Respublika ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida o‘rganishlarni davom ettirdi
2025-10-09 12:15:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida 25 dan ortiq obyektlar joyiga borib ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena punktlari mavjud bo‘lmagan turizm namoyish obyektlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish va ta’mirlash, shaharsozlik normalari talablaridan kelib chiqib, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda go‘daklarni yo‘rgaklash burchaklari va ona-bola xonalari tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar berildi.
Mazkur tashabbus mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish, aholiga va mehmonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy soha obyektlarida sanitariya madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘rganish ishlari respublikamizning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.









