Qardosh davlatlar media sohasida tajriba almashmoqda
2025-09-30 09:50:00 / Yangiliklar

Tadbir ishtirokchilari Ozarbayjonning eng nufuzli oliygohlaridan biri — ADA universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda universitetning malakali professorlari tomonidan “Zamonaviy media kommunikatsiyalari va ularning matbuot kotiblari faoliyatidagi o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Mediani rivojlantirish agentligida uchrashuv o‘tkazdi. Agentlik rahbariyati ikki mamlakat media sohasidagi hamkorlik istiqbollariga, xususan raqamli makonda o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuvda tomonlar vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari hamda media o‘rtasida izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.






