“Suffa Shalle” — Zominda zamonaviy ekologik turizm sari qadam
2025-09-10 18:10:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida 6,7 gektar maydonda joylashadigan majmuada, 5 gektar yer bevosita binolar uchun ajratilgan. Bu yerda 29 ta “Shalle” uslubidagi zamonaviy kottedj qurilmoqda. Hozirgacha ulardan 19 tasi to‘liq yakunlangan va jihozlangan. Majmua 150 dan ortiq sayyohni qabul qilish quvvatiga ega.
Kottedjlar ekologik toza “Shalle” uslubida qurilgan bo‘lib, ularda yuqori darajadagi qulayliklar, tabiiy yog‘och materiallardan foydalanilgan interer, toza havo va tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Har bir uy suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan, tom qismi to‘liq yopilgan hamda zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlangan.
“Suffa Shalle” majmuasi nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham jozibador dam olish maskaniga aylanishi kutilmoqda. Tabiat bag‘rida va ekologik toza muhitda tashkil etilgan ushbu majmua mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.




