Buxoro Biyennalesi madaniy turizmni rivojlantirmoqda
2025-09-07 12:20:00 / Yangiliklar

Tadbir madaniy va diplomatik doiralar vakillari, rassomlar, kuratorlar hamda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni o‘z bag‘riga oldi. Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, shuningdek, biyennale komissari Gayane Umerova, kurator Diana Kempbell va arxitektura dasturi bo‘yicha badiiy rahbar Vael al Avar nutq so‘zladi. Ular o‘z chiqishlarida Buxoroning san’at va tarix muloqoti uchun betakror makon ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining loyihasi Buxoro Eski shaharini qayta tiklash dasturining bir qismi bo‘lib, u madaniy turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi hamda mamlakatning merosni zamonaviy yondashuv bilan saqlash bo‘yicha strategik yo‘nalishini aks ettiradi.





