Buxorodagi Biyennale - butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun san’at voqeasi
2025-09-07 11:40:00 / Yangiliklar
Birinchi Buxoro zamonaviy san’ati biyennalesi rassomlar, hunarmandlar, dizaynerlar va tadqiqotchilarni birlashtirgan holda, madaniy turizm uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Har bir asar — xalqaro mualliflar va mahalliy mutaxassislar muloqotining mahsuli bo‘lib, unda an’analar zamonaviy san’at amaliyotlari bilan uyg‘unlashdi!

70 dan ortiq asar Buxoro tarixiy ansambllarini tirik makonga aylantirib, bunda san’at asarlari qadimiy devorlarga yangi ohang ato etdi. Bu esa shaharni nafaqat tarixiy yodgorlik, balki butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun jozibador bo‘lgan jonli madaniy markazga aylantirmoqda.
Biyennale an’ana va zamonaviylik o‘rtasida muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilib, O‘zbekistonning muhim madaniy va turistik yo‘nalish sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi. Bunday tadbirlar orqali mamlakat o‘zining jahon madaniy maydonidagi imijini kuchaytiradi va yanada ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.









