O‘zbekiston tadbirkorlari xalqaro platformalarda suvenirlarni targ‘ib qilishni o‘zlashtirmoqda
2025-08-10 10:30:00 / Yangiliklar

Bayram markazida 24,5 gektar maydonni egallagan “Arda Xiva” zamonaviy sayyohlik majmuasi joylashgan. U mehmonlarga tarixiy meros va innovatsion infratuzilmaning noyob uyg‘unligini taqdim etadi. Majmua tarkibiga 18 ta mehmonxona, 24 ta restoran va kafe, hunarmandchilik uylari, sharq bozori, akvaparklar, 3000 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, sayr qilish uchun qulay qirg‘oq bo‘yi, musiqali favvora hamda boshqa sayyohlik infratuzilma obyektlari kiradi. Bu majmua bir vaqtning o‘zida 5000 nafargacha sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Festival doirasida jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus press-tur uyushtirildi. Bu ularga bayram tadbirlari va muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Ishtirokchilar eksklyuziv materiallar tayyorlashlari, suhbatlar o‘tkazishlari hamda mintaqaning sayyohlik sohasi rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
“Qovun sayli – 2025” festivali Xorazmning agrar brendlari va madaniy an’analarini birlashtirib, mehmonlarga noyob qovun navlarini tatib ko‘rish, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, xalq o‘yinlari va konsert dasturlarini taqdim etadi. Bu mintaqaviy turizmni targ‘ib qilish hamda Xiva va butun mintaqaga xalqaro qiziqishni oshirish uchun muhim platformadir.
Kelgusida “Arda Xiva” majmuasi hududida yil oxirigacha o‘ndan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bular qatoriga yarmarkalar, xalqaro sport musobaqalari, gastronomik festivallar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari kiradi. Majmuaga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yiliga 1,5 million nafargacha yetishi kutilmoqda.







