Fotoko‘rgazma Farg‘ona vodiysining sayyohlik salohiyatini namoyon etadi
2025-07-15 16:15:00 / Yangiliklar

Loyiha O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan hamda Rossiyaning Oltoy davlat universiteti va Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasining B. Jamgerchinov nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya instituti ishtirokida tashkil etilgan xalqaro ekspeditsiya natijasi o‘laroq yuzaga keldi. Ekspeditsiyaning maqsadi mintaqani asl an’analarini saqlab qolgan va sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan jonli madaniy makon sifatida namoyon etishdir.
Ko‘rgazma 100 dan ortiq fotosuratlarni o‘z ichiga oladi: qadimiy manzilgohlar va me’moriy yodgorliklardan tortib to zamonaviy kundalik hayot manzaralarigacha. Farg‘ona va Andijon viloyatlarining o‘ziga xosligi insonlar qiyofasi, oilaviy turmush tarzi va an’anaviy urf-odatlar orqali ochib beriladi. Ko‘rgazma o‘tmish va bugunning uyg‘un birligini ko‘rsatib, madaniyatga qiziquvchi sayyohlarni o‘ziga jalb etadigan muhitni yaratadi.
Loyiha sayyohlar, tadqiqotchilar, turizm sohasi vakillari va O‘zbekistonni yangi tomondan kashf etishga intilayotgan barchaga mo‘ljallangan. Fotoko‘rgazma nafaqat mintaqani ko‘rish, balki uni his qilish va ehtimol, Farg‘ona vodiysini madaniy O‘zbekiston bo‘ylab keyingi marshrutga kiritish imkonini beradi.




