Samarqanddagi xalqaro muloqot O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turizm aloqalarini mustahkamlamoqda
2025-07-04 09:05:00 / Yangiliklar

Forum hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va turizm sohasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi. Tadbir O‘zbekiston va Xitoyning o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, turistik oqimlarni oshirish va madaniy almashinuvni kuchaytirishga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqladi.
Tadbir doirasida qator muhim natijalarga erishildi. Jumladan, Xitoylik turoperatorlar bilan O‘zbekistonga turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan strategik kelishuvlar imzolandi, Ipak yo‘li bo‘ylab tematik yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan turistik paketlarni birgalikda targ‘ib etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Forum doirasida “2025 – Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili” tashabbusi keng qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu tashabbus Xitoylik turistlar orasida o‘zbek madaniyati, tarixi va mehmondo‘stligini ommalashtirishga xizmat qiladi.
Tadbir tashkilotchilari bu kabi uchrashuvlar O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi turistik yo‘nalishlardan biri sifatida imidjini oshirish, xalqaro hamkorlikka ochiqligini va zamonaviy targ‘ibot usullarini joriy etishdagi sa’y-harakatlarini namoyon etishini ta’kidladilar.









