Bo‘stonliq tumanida “Farhod Challenge – Strongmen Games” bo‘lib o‘tmoqda
2025-06-10 14:30:00 / Yangiliklar
10-11-iyun kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Farhod Challenge – Strongmen Games” II xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Polvonlarning nafaqat kuchi, balki epchillligi, chaqqonligi va bardoshliligi ham sinovdan oʼtkazadigan musobaqada 20 ga yaqin davlatdan kelgan jahonga mashhur sportchilar qatnashmoqda.
Xalqaro turnirning shunday paytda tashkil etilishi esa xorijliklarning bu yerga bo‘lgan eʼtiborini bir necha karra oshishiga xizmat qiladi.
