O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Olmaotadagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etildi
2025-04-25 18:30:00 / Yangiliklar

Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan milliy stendda mamlakatning investitsiyaviy, eksport va sayyohlik jozibadorligi keng yoritib berildi.
Ko‘rgazma natijasida O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasi vakillari o‘rtasida sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga sarmoyalarni jalb etish maqsadida hamkorlik bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
KITF 2025 doirasida 31 mamlakatdan, jumladan Ozarbayjon, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vyetnam, Gretsiya, Gruziya, Misr, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Kuba, Qirg‘iziston Respublikasi, Latviya, Malayziya, Maldiv orollari, BAA, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Tailand, Turkiya, O‘zbekiston, Chernogoriya, Chexiya Respublikasi, Shri-Lanka, Janubiy Koreya va Yaponiyadan 533 ta kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etdi.




