Turizm qo‘mitasi raisi va Kambodja Senatining birinchi vitse-prezidenti turizm sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
2025-04-08 19:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 8-aprel kuni Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Kambodja Qirolligi parlamenti Senatining birinchi vitse-prezidenti Uch Borit bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida davlatlar o‘rtasida sayyohlik oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda raqamli platformalar orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar turizm sohasida hamkorlikning huquqiy-normativ bazani shakllantirish, turizm salohiyatini o‘zaro targ‘ibni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va ko‘rgazmalarda ishtirokni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishib oldilar.



