Namangan viloyatida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2025-04-01 15:15:00 / Yangiliklar

Yarmarkada 60 ga yaqin mahalliy va xorijiy turbiznes vakillari, shuningdek, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar hamda hunarmandlar ishtirok etdilar. Turkiya, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 15 nafar turizm sohasi vakillari Namangan viloyatining yangi turistik yo‘nalishlari va imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Tadbir doirasida B2B (biznesdan biznesga), B2G (biznesdan davlatga) va G2B (davlatdan biznesga) formatlarida uchrashuvlar tashkil etilib, bir nechta muhim kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, yarmarka doirasida viloyatda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar o‘zlarining noyob mahsulotlari va ko‘rgazmalari bilan xorijlik mehmonlarni o‘ziga jalb qilib, katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu turizm yarmarkasi milliy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda Namanganning turistik salohiyatini keng dunyoga targ‘ib etishda muhim qadam bo‘ldi.



