O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda
2025-03-25 09:50:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar o‘z natijasini bermoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida o‘tkazilgan “World Leisure Awards 2024” mukofotini topshirish marosimida O‘zbekiston 2024 yilda madaniy hordiq chiqarish uchun eng yaxshi yo‘nalish deb topildi.

“Travel&leisure” nashri bosh muharriri va asoschisi Syao Yan O‘zbekistonning turizm sohasida katta salohiyatga ega ekanligini va sayohat uchun eng yaxshi manzillardan biri hisoblanishini ta’kidladi. “O‘zbekiston noyob arxitekturasi, tarixiy obidalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan har yili butun dunyodan millionlab sayyohlarni faol jalb qilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonga sayohat qilishni xohlovchi xitoylik sayyohlar soni ham ortib borayotgani, e’tiborlidir”, dedi u.
2025-yil Xitoyda “O‘zbekiston turizm yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, Turizm qo‘mitasi mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi bilan hamkorlikda Xitoyning 20 dan ortiq shaharlarida turli tadbirlarni o‘tkazmoqda.