Hududlarda zamonaviy mehmonxona infratuzilmasi rivojlanmoqda
2025-12-25 18:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillari, “Wyndham” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha vakili, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar Nukus shahrida “Ramada by Wyndham” mehmonxonasining ochilishi Qoraqalpog‘istonda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida muhim voqea bo‘lganini ta’kidladilar.
Zamonaviy mehmonxona jahon standartlarining barcha talablariga javob beradi va o‘z mehmonlariga tengsiz qulaylik hamda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni taklif etadi. Mehmonxonada 120 ta xona mavjud bo‘lib, 240 nafar mehmonga mo‘ljallangan. Bu yerda har bir sayyoh zamonaviy turistlarning eng yuqori talablarini qondiradigan shinam muhitdan bahramand bo‘lishi mumkin. Mazkur loyiha doirasida 122 ta yangi ish o‘rni yaratilib, mahalliy aholi bandligi ta’minlandi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan loyiha tashabbuskori Ikram Yuldashevga “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni taqdim qilindi.









