18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun!
2026-11-18 12:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği yurtimiz mustaqilligining, muqaddas qadriyatlarimiz va milliy ğururimizning eng muhim timsollaridan biridir. 1991-yil 18-noyabrda Özbekiston Respublikasining ”Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayroği Özbekiston Respublikasining suverenitetini, uning jahon hamjamiyatidagi örnini va öziga xos tarixiy-madaniy merosini namoyon etadi.
Bayroğimizdagi har bir rang va ramz çuqur maʼno-mazmunga ega:
-
Havo rang — osmonimiz musaffoligi, tinçlik va osoyiştalik ramzi, hayotiy aloqalarimizning abadiyligini bildiradi.
-
Oq rang — muqaddas tinçlik ramzi bölib, u ezgulik, poklik va niyatlarning samimiyligini ifodalaydi.
-
Yaşil rang — tabiatning yangilanişi, yaşnaş va barakot, umid va e’tiqod timsoli.
-
Qizil yöllar — tomirimizda urib turgan hayotiy quvvat, ozodlik va barhayotlik irmoqlaridir.
-
Yangi oy va ön ikki yulduz — xalqimizning azaliy anʼanalari, osmonimizdagi tinçlik va mukammallik belgisi, şuningdek, yilning 12 oylarini va yulduzlar turkumini ifodalaydi.
Davlat bayroği — xalqimizning birdamligi, kelajakka bölgan yoruğ işonçi va qatʼiyatining abadiy timsolidir.
Sizni 18-noyabr — Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan çin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Vatanimizning muqaddas timsollaridan biri bölgan Davlat bayroği har birimizga ğurur, iftixor va yuksak masʼuliyat bağişlaydi. Osmonimizda hurlik va tinçlik ramzi bölib hilpirab turgan uşbu muqaddas bayroq ostida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yölida ulkan marralarni zabt etib kelmoqdamiz.
Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği doimo balandlarda hilpirasin, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin!
Bayramingiz muborak bölsin!
