2-iyul — Davlat gerbimiz qabul qilingan kun!
2026-07-02 16:10:00 / Yangiliklar

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil toʻldi.
Davlat gerbi — mamlakatimiz suvereniteti, mustaqilligi, tinchligi va farovonligining muhim ramzlaridan biridir. Unda xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari hamda ezgu maqsadlari oʻz ifodasini topgan.
Ushbu qutlugʻ sana barchamizga Vatanga sadoqat, milliy gʻurur va yurt ravnaqi yoʻlidagi birdamlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.
Davlat gerbimiz — faxrimiz va gʻururimiz!
