Ekofaol xodim
SUV XO‘JALIGI VAZIRI “TABIAT HIMOYACHISI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
Joriy yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kanal, kollektor, daryo va sug‘orish tarmoqlari bo‘ylarida 9,7 mln. tup (rejaga nisbatan 141%) daraxt ko‘chatlari ekildi.
2022-yilning kuzidan buyon suvchilar ekkan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari soni 33 mln. tupdan oshib ketdi.
Kuni kecha faol suvchi yoshlarning har hafta shanba kunlari o‘z hududidagi sug‘orish tarmoqlarini chiqindilardan tozalash, hashar uyushtirib, atrofni obodonlashtirish tashabbusi vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mamlakatimizda tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi xizmatlari uchun Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Raximovich Xamrayev “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
