Suv xöjaligida ilm-fan va amaliyot uyğunligi — malakali kadrlar tayyorlaşning muhim omili
2026-11-14 11:35:00 / Yangiliklar

Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Qişloq xöjaligida innovatsion texnologiyalar va barqaror rivojlaniş istiqbollari” mavzusida IV ilmiy va ilmiy-texnik anjuman ötkazildi.
Unda oliy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari, olimlar, yoş tadqiqotçilar, magistrantlar, talabalar va işlab çiqariş sohasi vakillari iştirok etdi.
Tadbirda Norin–Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Şuhratbek Ergaşev sözga çiqib, suv xöjaligi taşkilotlari bilan oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda suv xöjaligida suv resurslarini samarali boşqariş, kanallarda suv taqsimotini takomillaştiriş, gidrometrik ölçovlar aniqligini oşiriş, raqamli hisob yuritiş va avtomatlaştirilgan boşqaruv texnologiyalarini joriy etiş muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu esa sohada faoliyat yuritadigan mutaxassislardan nafaqat nazariy bilim, balki mustahkam amaliy könikmalarni ham talab etadi.
Şu nuqtayi nazardan, talabalarning işlab çiqariş amaliyotini suv xöjaligi obyektlarida taşkil etiş, ularni kanallar, gidrotexnika inşootlari, suv ölçaş postlari va dispetçerlik xizmatlari faoliyati bilan yaqindan taniştiriş muhimligiga e’tibor qaratildi.
Şuningdek, bitiruv malakaviy işlari va ilmiy tadqiqotlar mavzularini sohadagi mavjud muammolar bilan boğlaş taklif etildi. Bunda suv xöjaligi taşkilotlari tadqiqotlar uçun amaliy muammolar va obyektlarni taqdim etişi, oliy ta’lim muassasalari esa ularning ilmiy asoslangan yeçimlarini işlab çiqişda iştirok etişi mumkin.
Anjumanda iqtidorli talabalar va yoş tadqiqotçilarni suv xöjaligi taşkilotlariga jalb etiş, ularning zamonaviy texnologiyalar va raqamli boşqaruv böyiça bilimlaridan foydalaniş, istiqbolli bitiruvçilarni tizim taşkilotlariga işga qabul qiliş masalalari ham kötarildi.
Ta’lim va işlab çiqariş örtasidagi bunday hamkorlik yoş mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oşiriş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş hamda suv xöjaligi sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi.





