"Qumtöğon" kanali böyi kökalamzorlaştirilmoqda
2026-11-15 17:55:00 / Yangiliklar

Navbatdagi tadbir "Qumtöğon" kanali böyida taşkil etildi. Tuman «Suv yetkazib beriş xizmati» davlat muassasasi işçi-xodimlari iştirokida 1 360 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt köçati hamda terak qalamçasi ekildi.
Tadbirda tuman hokimi Muzaffar Abdullayev iştirok etib, atrof-muhitni muhofaza qiliş va yaşil hududlarni kengaytiriş borasidagi işlarga töxtaldi. Köçat ekiş bilan birga, uning tutib ketişi va ösişi uçun zarur şaroit yaratiş ham muhimligini ta’kidladi.
Şu munosabat bilan mas’ullarga ekilgan köçatlarni öz vaqtida suğoriş, muntazam parvarişlaş va asrab-avaylaş böyiça topşiriqlar berildi.
Kanal böyida amalga oşirilgan kökalamzorlaştiriş işlari hududning ekologik holatini yaxşilaş va uni obod maskanga aylantirişga qaratilgan. Daraxtlar ulğaygaç, havodagi çangni kamaytiriş va yozning issiq kunlarida soya-salqin muhit yaratişga xizmat qiladi.
Joriy mavsumda Uyçi tumani böyiça jami 862 ming tup köçat ekiş rejalaştirilgan. Ayni paytda tuman hududlarida bu boradagi işlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.









