Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-06 14:00:00 / Majlislar

Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida viloyat hamda tuman hududlaridan saylangan deputatlar, tashkilot rahbarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Kun tartibida deputatlar tomonidan 6 ta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan bo‘lib, xususan, deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari va hisobotlarini tinglab, har bir masala yuzasidan tegishli savollariga javob olishdi hamda tegishli qarorlar qabul qildi.
Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining Instagram jtimoiy tarmog‘ida jonli efir orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etildi.
Kun tartibidagi masalalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz hamda mazkur havola orqali Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi to‘liqligicha ko‘rib chiqishingiz mumkin.









