Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi kun tartibi
2026-03-11 14:00:00 / E'lon

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, profilaktika tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-253-sonli qarorlari bo‘yicha 2025-yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining ijrosi shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti.
4. Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti.
5. Sariosiyo tumanida 2026-yilda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallariga belgilangan qat’iy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlarning miqdorini belgilash to‘g‘risida.
6. Sariosiyo tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
7. Xalq deputatlarining tumani Kengashining VII-12-116-8-116-K/25-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.
8. Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorini ijrosi haqida.
10. Tumanda kambag‘allik va ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi daromadini oshirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarorini ijrosini ta’minlash haqida.
11. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanda jamoat xavfsizligi ta’minlash borasida 2025-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari- jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Qosimovning hisoboti to‘g‘risida.
12. Sariosiyo tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar shuningdek, 2025-yilda 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida.
13. Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-186-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash yuzasidan Sariosiyo tumani hokimligi apparati tuzilmasi va shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-13-132-8-116-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida.
14. Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
15. Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining doimiy komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi “Mahalliy kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori ijrosini ta’minlash haqida.
