Qarshi tumanida yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
2025-08-31 08:45:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Qarshi tumani Tallikuron mahallasida rekonstruksiya qilingan Qarshi tumani - Kasbi yo‘nalishida Tallikuron mahallasi hududida joylashgan ko‘prik tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mahalla ahli tuman hokimi bilan muloqot chog‘ida Prezidentimizning tumanning rivoji uchun alohida e’tiborlarini har kun, har jabhada his etib turishganini ta’kidlab, davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani samimiy qutlab, yil sayin aholi farovonligini ta’minlash, joylarda qulayliklar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini berayotganini alohida ta’kidladi. Qayd etilganidek, ilgari shu ko‘prik nosoz holatda bo‘lib, bu yerdan o‘tib qaytuvchi aholi uchun juda katta muammo tug‘dirayotgan edi. Rekonstruksiya ishlari davomida unga bog‘lanadigan yo‘llar ham sozlandi.
