Korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha
2026-07-20 17:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2026 yil 22 iyunda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi.
Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga taʼrif berilib, quyidagi 18 turdagi jinoyatlar kirishi belgilandi:
-
167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) uchinchi qismining “d” bandi (mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa);
-
168-moddasi (Firibgarlik) to‘rtinchi qismining “g” bandi (xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa);
-
1929 –modda (Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish);
-
19210-modda (Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish);
-
19211-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa);
-
205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa);
-
206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa);
-
208-moddasining (Hokimiyat harakatsizligi) ikkinchi qismida (Hokimiyat harakatsizligi g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa);
-
209-moddasi (Mansab soxtakorligi) ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa);
-
210-modda, (Pora olish);
-
211-modda, (Pora berish);
-
212-modda, (Pora olish-berishda vositachilik qilish);
-
213-modda, (Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish);
-
214-modda, (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi);
-
2141-modda, (Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi);
-
2142-modda, (Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish);
-
301-modda (Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) ikkinchi qismining “b” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa);
-
243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) sida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa.
Shuningdek, 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmasligi belgilandi;
Ular:
-
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda firibgarlik uchun hukm qilingan va yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan;
-
takroran yoki xavfli retsidivist bo‘la turib yoxud juda ko‘p miqdorda pora olish;
-
pora berish;
-
pora olish-berishda vositachilik qilish;
Bundan tashqari, Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar uchun alohida elektron reyestr yuritiladi.
Elektron reyestrda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilanadi:
🔸 davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
🔸 saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi;
🔸 davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzosi bo‘lish;
🔸 o‘zi taʼsis etgan va ustav fondidagi ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlarning davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi sifatida qatnashish;
🔸 davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
