«Hokim va yoshlar» uchrashuvlari samarali davom etmoqda
2026-02-10 14:20:00 / Yangiliklar

Qarshi tumani yoshlar bilan ishlashning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, har hafta muntazam ravishda tashkil etilayotgan «Hokim va yoshlar» uchrashuvlari orqali yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilanmoqda.
Bugun tuman hokimi, tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i ishtirokida tuman hokimligida o‘tgan ana shunday uchrashuv ham samimiy ruhda o‘tdi. Suhbat jarayonida yoshlar o‘z qiziqishlari, kelajak rejalari va muammolari haqida so‘z yuritdilar.
Aytish kerak bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, ularning kundalik hayotdagi qiyinchiliklarini joyida hal qilish, shuningdek, yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









