Diqqat, e’lon!
2026-02-06 11:55:00 / Yangiliklar

👉 Qarshi tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi e’lon qilinadi.
📝 Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-son qarori asosida, “Ayollar daftari” orqali amalga oshiriladi.
🎯Loyihalar quyidagi maqsadlarga qaratilgan bo‘lishi lozim:
👉 kambag‘al oilalar reestridagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash;
👉 tadbirkorlikka jalb etish;
👉 kasb-hunar va zamonaviy yo‘nalishlarga (jumladan, AT) o‘qitish;
👉 ijtimoiy faollikni oshirish.
🖇 Tanlovda ishtirok etadi:
👉 jismoniy shaxslar;
👉 nodavlat notijorat tashkilotlari.
🗂 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
👉 Mahalla bosqichi:
👉 Loyihalar 10-fevralga qadar mahalla xotin-qizlar faoliga topshiriladi.
👉 15-fevralgacha eng yaxshi 3 ta loyiha saralab olinadi.
👉 Tuman bosqichi:
👉 Tavsiya etilgan loyihalar 8-martga qadar ko‘rib chiqiladi.
👉 Har bir mahallada 1 ta loyiha g‘olib deb topiladi.
🏆 G‘oliblar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida e’lon qilinadi.
👉 G‘oliblarga BHMning 60 barobarigacha ijtimoiy yordam ajratiladi.
👉 Ishtirok etish uchun mahallangizdagi xotin-qizlar faoliga murojaat qiling.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 97 200 32 00.
