Korrupsiyaga qarshi kurash – dolzarb masala
2025-12-17 14:30:00 / Yangiliklar

Qarshi tumani Adliya bo‘limi tomonidan viloyat hokimining tegishli Farmoyishiga asosan tuman hokimligi, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunlari O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezident Farmon va Qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ushbu seminarda tuman hokimi Zoir Alikulov ham ishtirok etib, tumanimizda korrupsiyaga o‘rin yo‘qligini qat’iy ta’kidlab, korrupsiya, xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga sabab bo‘lishini tushuntirib o‘tdi.




