Pensiya ma’lumotlari — yagona tizimda
2026-09-18 14:25:00 / Jamg'arma yangiliklari

Bugungi kunda davlat pensiyasi hamda majburiy va ixtiyoriy jamg‘armalar turli tizimlarda yuritilmoqda.
Shu sababli fuqaro ish staji, to‘langan ijtimoiy soliq, shaxsiy jamg‘armasi, hisoblangan daromad va kutilayotgan jami pensiyasi haqidagi ma’lumotlarni bir joyda ko‘ra olmaydi.
Taklif etilayotgan yondashuvga ko‘ra, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini Pensiya jamg‘armasi tasarrufiga o‘tkazish, yagona siyosat, yagona hisob va yagona mobil platformani joriy etish nazarda tutilmoqda.
Natijada fuqaro davlat pensiyasi, majburiy va ixtiyoriy jamg‘armalari, hisoblangan daromadi hamda kutilayotgan jami pensiyasi haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda ko‘rishi va zarurat bo‘lsa, jamg‘arish miqdorini oshirish bo‘yicha oldindan qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi.


