Pensiya hisobida ish haqi davri kengaytiriladi
2026-09-16 10:45:00 / Jamg'arma yangiliklari

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan bosqichma-bosqich 20 yilgacha oshirish taklif etilmoqda.
Bunda davr har yili 1 yildan kengaytiriladi. Hisobga olinayotgan davrning ish haqi eng past bo'lgan 10 foizi chiqarib tashlanadi hamda tartib 2016-yildan keyingi elektron ma’lumotlar asosida qo‘llanadi.
Mazkur yondashuv pensiya miqdorini fuqaroning uzoq yillik mehnati, rasmiy ish haqi, ish staji va to‘langan ijtimoiy solig‘iga to‘laroq bog‘lashga qaratilgan.



