Pensiya xizmatlari — raqamli va proaktiv shaklga o‘tkaziladi
2026-09-15 17:50:00 / Jamg'arma yangiliklari

Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan 25 ta xizmatning 7 tasida qog‘oz hujjat va inson aralashuvi saqlanib qolgan.
Shuningdek, ish haqi va ish staji ma’lumotlarini raqamlashtirish, idoralararo ma’lumot almashinuvi hamda stajdagi kamchiliklar haqida oldindan xabardor qilish bo‘yicha imkoniyatlarni yanada takomillashtirish zarur.
2027-yildan boshlab barcha 25 ta pensiya xizmatini elektron va proaktiv shaklga o‘tkazish taklif etilmoqda. Bunda sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan Call-markaz va “Pensiya” mobil ilovasi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Fuqaro yagona pensiya profilida o‘zining ish staji, to‘langan ijtimoiy solig‘i va kutilayotgan pensiyasi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi, stajdagi kamchiliklar haqida esa oldindan xabardor bo‘lishi mumkin.
Natijada pensiya xizmatlarini qog‘oz hujjatlarsiz, idorama-idora yurmasdan, tezkor va proaktiv shaklda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.



