Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida pensiya taʼminoti sohasida muhim Bitim imzolandi
2026-08-24 15:40:00 / Jamg'arma yangiliklari

2026-yil 23-avgust kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev huzurida pensiya taʼminoti sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi.
Bitimga koʻra:
Oʻzbekiston va Ozarbayjonda orttirilgan ish staji pensiya huquqini aniqlashda hisobga olinadi.
Agar bir davlatdagi staj pensiya olish uchun yetarli boʻlmasa, ikkinchi davlatda orttirilgan staj ham inobatga olinishi mumkin.
Fuqaro boshqa davlatga koʻchib oʻtgan taqdirda ham tayinlangan pensiya huquqi saqlanib qoladi.
Pensiya tayinlash va toʻlash boʻyicha ikki davlatning vakolatli organlari toʻgʻridan-toʻgʻri axborot va hujjat almashadi.
