Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolarga koʻrsatilgan kompozit xizmatlar
2026-08-20 14:50:00 / Jamg'arma yangiliklari

Joriy yilning 1-avgust holatiga Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolarga jami 961 184 ta kompozit xizmatlar koʻrsatildi.
KOMPOZIT XIZMAT NIMA?
Bu fuqaro bir nechta davlat xizmatidan foydalanishi kerak boʻlgan holatda, ularni bitta murojaat orqali birgalikda olish imkonini beradigan xizmat.
Masalan, fuqaro biror xizmatni olish uchun 3 ta tashkilotga alohida murojaat qilishi kerak boʻlsa, kompozit xizmatda u bir marta ariza beradi, qolgan tashkilotlar oʻrtasidagi maʼlumot almashinuvi va jarayonlar elektron tarzda amalga oshiriladi.
