Pensiya tizimi: asosiy ko‘rsatkichlar
2026-08-19 18:15:00 / Jamg'arma yangiliklari

2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari hisobida 4 353 982 nafar fuqaro pensiya olmoqda.
Shundan:
3 692 930 nafari — yoshga doir;
480 410 nafari — nogironlik bo‘yicha;
243 642 nafari — boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchilar.
Shu bilan birga, 2026-yil yanvar–iyul oylarida 177 732 nafar fuqaroga yangi pensiya tayinlangan. Ularning 140 584 nafari yoshga doir, 25 726 nafari nogironlik bo‘yicha va 11 422 nafari boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya olgan.

