Pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar
2026-07-17 17:35:00 / Jamg'arma yangiliklari

Joriy yilning 17-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamkorligida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va aholini ijtimoiy himoyasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
- pensiya va ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishning qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlari;
- pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, pensiya hisoblash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan Qonunchilik palatasi deputatlariga Pensiya jamg‘armasining ichki audit xizmati, murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayonlari hamda Jamg‘armaning Koll-markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Muloqot davomida Jamg‘armada murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qanday tashkil etilganligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari eshitilib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.





