Pensiya jamgʻarmasi xodimlari uchun moliyaviy nazorat samaradorligini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
2026-04-28 17:00:00 / Jamg'arma yangiliklari

Joriy yilning 28-aprel kuni Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida Hisob palatasi vakili ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi "Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-252-son Farmoni ijrosi va moliyaviy xavflarni oldini olish" mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Oʻquv-seminari davomida Hisob palatasi vakili U.Artiqmuradov tomonidan ishtirokchilarga PF-252-son Farmonining mazmun-mohiyati, uning asosida joriy etilayotgan Bosh inspektorlar instituti hamda "Aniqlash emas, oldini olish" tamoyiliga asoslangan nazoratning yangi modeli yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni rejalashtirish va sarflashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy xavf-xatarlar (risklar) ni barvaqt aniqlash va oldini olish, ichki moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan sohada uchrayotgan muammolar va amaliy tajribalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bu kabi oʻquv-seminarlar xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xavflarning oldini olish hamda davlat moliyaviy nazorati samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.




