Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi
2025-12-19 13:55:00 / Yangiliklar
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy apparatida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqlpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari rahbar xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar qatnashchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi borasidagi qonunchilik, normativ-huquqiy hamda ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga korrupsiyani oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilib, shunday turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.





