Karantin agentligi hamda tizim tashkilotlarida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
2025-11-14 10:45:00 / Yangiliklar

Karantin agentligi hamda tizim tashkilotlarida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan taqdim etilgan videolavha namoyish etildi. Unda hafta davomida mamlakatimizda va xorijda ro‘y bergan eng muhim hamda dolzarb ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, shuningdek, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur “Siyosiy-ma’rifat soati” xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini chuqur anglash, hamda jamiyatda kechayotgan dolzarb jarayonlardan xabardorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.








