
Investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi mamlakatning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida konsultativ ko‘mak ko‘rsatishni ta’minlovchi ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. Agentlik xorijiy investorlar, davlat organlari va mahalliy biznes subyektlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridagi investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida dolzarb ma’lumotlarni taqdim etadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning hajmi va dinamikasi bo‘yicha batafsil rasmiy ma’lumotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining portalida tanishish mumkin.
Huquqiy bazani to‘liq o‘rganish va amaliy faoliyatda qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy axborot tizimi Lex.uz portalidan tegishli bo‘limlarga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu portalda asosiy sohalar bo‘yicha amaldagi qonunlar, huquqiy aktlar va izohli materiallar to‘plangan bo‘lib, ular investorlar va tadbirkorlar uchun huquqiy me’yorlarni aniqlash, moliyaviy faoliyatni rejalashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda zaruriy manba hisoblanadi. Bu bo‘limlar orqali banklar faoliyati, kredit munosabatlari, investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar bilan tanishish mumkin.


