
Sanoat


O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi mamlakat sanoat sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshiradi. Agentlik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashib, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Agentlik faoliyati xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, tarmoqning investitsion jozibadorligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasining barqaror sanoat rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Ushbu faoliyat investitsiya va tashqi savdo jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bo‘yicha batafsil rasmiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining rasmiy portalida taqdim etilgan.
Huquqiy bazani to‘liq o‘rganish va amaliy faoliyatda qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy axborot tizimi Lex.uz portalidan tegishli bo‘limlarga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu portalda asosiy sohalar bo‘yicha amaldagi qonunlar, huquqiy aktlar va izohli materiallar to‘plangan bo‘lib, ular investorlar va tadbirkorlar uchun huquqiy me’yorlarni aniqlash, moliyaviy faoliyatni rejalashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda zaruriy manba hisoblanadi. Bu bo‘limlar orqali banklar faoliyati, kredit munosabatlari, investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar bilan tanishish mumkin.

