Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi O‘zbekistonning konchilik sohasidagi investitsiya salohiyatini 7-Xalqaro kon-metallurgiya forumida taqdim etdi
2025-10-28 10:30:00 / Yangiliklar
2025-yil 28–29-oktabr kunlari Toshkent shahrida 7-O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat idoralari, sanoat korxonalari, xalqaro kompaniyalarining yetakchi vakillari ishtirok etib, tarmoqning barqaror o‘sishi va innovatsion rivojlanish strategiyalarini muhokama qildilar.
Yalpi sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. Mansurjon Rasulev mamlakatimizning investitsiyaviy muhitga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqish qildi.
Forum davomida ESG standartlarini joriy etish, raqamli transformatsiya va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa O‘zbekistonning konchilik sanoatini barqaror va innovatsion rivojlantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarini yana bir bor namoyon etdi. O‘zbekistonni kon sanoati uchun istiqbolli va barqaror investitsiya manzili sifatida targ‘ib etish orqali Agentlik sohaga xususiy kapital oqimini oshirishga hissa qo‘shmoqda.



