
Xalqaro hamkorlik
- 2025-yil 30-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tagan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Chuvash Respublikasi Investitsiyalarni rivojlantirish agentligi o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
- 2025-yil 8-aprel kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Avstraliyaning yetakchi toza energiya infratuzilmasi ishlab chiquvchisi Allied Green Ammonia (AGA) kompaniyasi bilan O‘zbekistonda qiymati 5,5 milliard AQSh dollariga teng yashil karbamid va barqaror aviayoqilg‘i (SAF) ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yirik loyihani birgalikda o‘rganish bo‘yicha Anglashuv Memorandumini imzoladi.
- 2025-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Polsha investitsiyalar va savdo agentligi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.


