TIIF-2026: 3 000 dan ortiq xorijiy mehmon ishtirokini tasdiqladi
2026-06-02 19:20:00 / Yangiliklar
Beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi. Mintaqaning bosh iqtisodiy anjumaniga rasmiy ro‘yxatdan o‘tish muddati tugashiga bor-yo‘g‘i 3 kun qoldi. Biznes vakillari, investorlar va ekspertlarni ushbu qulay imkoniyat boy berilmay turib, rasmiy veb-saytimizda ro‘yxatdan o‘tishga taklif etamiz.
Bugungi kunda forumga bo‘lgan qiziqish har qachongidan ham yuqori. Dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan, jumladan, yirik transmilliy korporatsiyalar hamda xalqaro moliya institutlari rahbarlari, nufuzli ekspertlardan iborat 3 000 dan ziyod xorijiy mehmon tadbirda qatnashishini tasdiqladi.
Bu yilgi dastur nihoyatda sermazmun va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda. Undan global bozorning tendensiyalari, investitsiyalarni jalb etishning yangi mexanizmlari va istiqbolli mintaqalararo loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan sessiyalar, panel munozaralari hamda davra suhbatlari o‘rin olgan. Forumning batafsil tuzilishi bilan maxsus yaratilgan “Dastur” bo‘limida tanishish imkoniyati mavjud.
Ma’ruzachilar tarkibi ham bo‘lajak uchrashuvlarning ko‘lami va nufuzi naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Bu galgi muloqot maydonlarida jahon iqtisodiy kun tartibini belgilab berayotgan dunyoning yetakchi ekspertlari va yuqori darajali mehmonlari ma’ruza qiladi. Spikerlar va martabali mehmonlarning to‘liq ro‘yxati “Spikerlar” bo‘limida joylashtirilgan.
Siz ham ro‘yxatdan o‘ting hamda jahon biznesi yetakchilari safidan joy olib, ushbu ulkan investitsiyaviy muloqotning faol ishtirokchisiga aylaning. Sizni forumda kutib qolamiz!
